“Dog biatlon bellashuvi” gʻoliblari tantanali taqdirlandi

0
1750

Bugun, 4-may kuni Mudofaa vazirligi mutaxassis va xizmat itlarini tayyorlash markazida “Dog biatlon bellashuvi” musobaqasi gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Xabaringiz bor, joriy yilning 1–4-may kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va Bojxona qoʻmitasining jami 12 ta jamoalari oʻrtasida uch bosqichli “Dog biatloni” musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Teng kurashlar ostida kechgan musobaqa natijalari quyidagicha koʻrinish oldi:

Ayollar oʻrtasida

Uchinchi urin – Milliy gvardiya;
Ikkinchi oʻrin – Mudofaa vazirligining 2-jamoasi;
Birinchi oʻrin – Mudofaa vazirligining 1-jamoasi.

Erkaklar oʻrtasida

Uchinchi oʻrin – Ichki ishlar vazirligi qorovul qoʻshinlari, Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qoʻmitasi, Milliy gvardiya qoʻriqlash xizmati jamoalari;
Ikkinchi oʻrin – Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya jamoalari;
Birinchi oʻrin – Mudofaa vazirligi jamoasi.

Gʻolib jamoalar diplom, kubok va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Tantanali tadbir yakunida harbiy orkestr ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar, jamoalarning koʻrgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Kapitan Bobur Elmurodov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti