“Gʻalaba bogʻi”da MSITF—2024 festivali boshlandi

0
3805

Poytaxtimizdagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali boshlandi. Unda Qurolli Kuchlarga zarur boʻlgan zamonaviy texnologiyalar, metallurgiya, kimyo sanoati hamda tekstil sohasida ikki maqsadga moʻljallangan 20 ga yaqin ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar, 50 ta tashkilot, 30 dan ortiq ishlab chiqaruvchi jismoniy shaxslar va ixtirochilar oʻzlarining mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni yurtimizda ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur festival bilan qutlab, yurtimiz mudofaasi uchun o‘z hissasini qo‘shayotgan tadbirkorlarga minnatdorchilik bildirdi.

Ta’kidlash kerakki, soʻnggi yillarda Muhtaram Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni rahbarligida milliy armiyamizni zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan taʼminlash, mavjudlarini modernizatsiya qilish hamda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ana shu maqsadda, mudofaa sohasini rivojlantirish boʻyicha mamlakatimiz Prezidentining 2023-yildagi Farmoni bilan Mudofaa sanoati agentligi qayta tashkil etildi.

Qisqa davrda barcha harbiy zavod va korxonalarimiz tubdan modernizatsiya qilindi, yangilari barpo etildi hamda eng zamonaviy texnologiya va uskunalar bilan jihozlandi. Harbiy-texnik sohada 40 dan ortiq davlatlar bilan hamkorlik oʻrnatildi, 30 ga yaqin ilgʻor xorijiy kompaniyalar bilan shartnomalar tuzildi, 38 ta mahalliy korxonalar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. Harbiy zavod va korxonalarimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi 155 taga yetkazildi, xizmatlar koʻrsatish 2,5 barobarga oshirildi.

Tarixdan maʼlumki, dunyoda yaratilgan innovatsion texnologiyalarning aksariyati avvalo harbiy maqsadlarda olib borilgan izlanishlarda yaratilgan. Aynan mamlakatimizni texnologik jihatdan mustaqilligini yanada oshirish, iqtidorli yoshlarni ushbu sohaga keng safarbar etish maqsadida 2-4-may kunlari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali tashkil qilindi.

Ushbu festivalda Qurolli Kuchlarga zarur boʻlgan zamonaviy texnologiyalar, metallurgiya, kimyo sanoati hamda tekstil sohasida ikki maqsadga moʻljallangan 20 ga yaqin ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar, 50 ta tashkilot, 30 dan ortiq ishlab chiqaruvchi jismoniy shaxslar va ixtirochilar oʻzlarining mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda. Taqdimotda tanlab olingan eng yaxshi mahsulot va korxonalar istiqbolda Mudofaa sanoati agentligi bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega boʻladi.

Festival doirasida 7 ta tur boʻyicha, yaʼni Robototexnika, Kibersport, Dronreysing, 3D modellashtirish, Dronlarni loyhalashtirish va Dasturlash boʻyicha musobaqalar oʻtkazilmoqda. Unda texnika, aloqa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, oʻquv-texnik vositalari, dasturiy taʼminot, aviatsiya, uchuvchisiz uchish tizimlari, robototexnika qurilmalari, trenajyor komplekslar, himoya vositalari, kimyo texnologiyalari va boshqa istiqbolli yoʻnalishlar boʻyicha ishlanmalar va mahsulot prototiplarini istiqbolda qoʻllash uchun raqobatbardosh loyihalari saralanadi.

Festival doirasida 7 ta tur boʻyicha, yaʼni Robototexnika, Kibersport, Dronreysing, 3D modellashtirish, Dronlarni loyhalashtirish va Dasturlash boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti