G‘allaorolda “Vatanparvarlik”, “Amir Temur” va “Jaloliddin Manguberdi” sinfxonalari foydalanishga topshirildi

0
1336

Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanidagi “Saribozor” mahallasida joylashgan 26-umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻquvchilar hamda mahalladagi yoshlar uchun chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik sinf xonasi, Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi tematik sinflari hamda sport shaharchasi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Tantanali marosimda Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari Akbar Sovurboyev, Gʻallaorol tumani hokimi Jaloliddin Oqboyev, maktab va maktabgacha taʼlim boshqarmasi, mudofaa ishlar boʻlimi boshliqlari, chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgalik fani rahbarlari hamda mahallada ahli va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda soʻz olganlar yoshlarni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli, eng muhimi — vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda xalq va armiya yakdil ekani, buning amaldagi isboti esa bajarilayotgn ishlarda yaqqol namoyon boʻlayotganini aytib o‘tdilar.

Shundan soʻng, mehmonlar yoshlar uchun yaratilgan sinf xonalari, sport shaharchasi hamda saf maydonidagi sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Tadbir yakunida mahalla aholisi, yoshlar hamda seminar ishtirokchilari uchun harbiy-vatanparvarlik festivali tashkil etilib, unda faxriy qorovulning koʻrgazmali, harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi sahnasi, zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahlar namoyish etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati