Samarqandda “Jasorat maktabi” yigʻini ishtirokchilari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi

0
1037

Samarqandda oʻtkazilayotgan “Jasorat maktabi” yigʻini ishtirokchilarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini roʻyobga chiqarish maqsadida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov hamda Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Farrux Ziyabayev ishtirokida ochiq muloqot oʻtkazildi.

Uchrashuvda asosiy eʼtibor yigʻin ishtirokchilari bandligini taʼminlashga qaratildi va harbiy xizmatga borish istagini bildirgan yoshlarga sharoit yaratish, kasb-hunar oʻrgangan yoshlarga esa tijorat banklari orqali imtiyozli kredit ajratish, mahallasida tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishi uchun imkoniyatlar berish va profilaktik hisobda turuvchi yigitlarni hisobdan chiqarish masalalari koʻrildi.

Muloqot davomida ishtirok etgan davlat va jamoat tashkilotlarining rahbarlari ham ushbu masalalarni nazorat olib, yigʻin yakuniga inobiy hal etish boʻyicha yoshlarga va’da berishdi. Bundan tashqari, harbiy guvohnoma olish istagini bildirgan hamda oliy harbiy bilim yurtlariga hujjat topshirish, kontrakt asosida xizmat qilish istagidagi yoshlarning muammolari qoʻmondon tomonidan hal etiladigan boʻldi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati