Toshkentda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi

0
1211

“Yangi Oʻzbekistonni yoshlar bilan birga bunyod etamiz!” — bugungi kunda barcha vazirlik va idoralarda yoshlar bilan oʻtkazilayotgan tadbirlarning asosiy shiorlaridan biriga aylandi. Mudofaa vazirligi miqyosida tashkil etilayotgan uchrashuv va tadbirlar ham shular jumlasiga kiradi.

Yoshlar ishlari agentligi katta majlislar zalida Toshkent shahrida joylashgan harbiy qism va unga biriktirilgan Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi bir guruh yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar bugungi kunda milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyat va imtiyozlar haqida maʼruza qildi. Shuningdek, Jadidchilarning hayot va faoliyatini oʻzida aks etgan, harbiy xizmatchilar tomonidan sahnalashtirilgan sahna koʻrinishlari barchaga birdek manzur boʻldi.

Tadbir soʻnggida faol ishtirok etgan yoshlar hamda tadbir tashkilotchilariga harbiy qism tashakkurnomalari topshirildi.

Yakunda tadbir ishtirokchilari Yoshlar ishlari agentligining “Kitoblar olami”ga ekaskursiyalar va “Ibrat farzandlari” loyihalari bilan yaqindan tanishtirildi.