Moliya xizmati xodimlari ishtirokida o‘quv-uslubiy yig‘in o‘tkazildi

0
1720

Farg‘onada Sharqiy harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalar moliya xizmati xodimlarining malakasini, koʻnikmalari va kasbga oid bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida oʻquv-uslubiy yigʻin o‘tkazildi.

Yigʻinning dastlabki kunida moliya xodimlariga maxsus tayyorgarlik boʻyicha tashkil etilgan oʻquv mashgʻulotlarining tartibi haqida tushunchalar berildi. Moliya hujjatlarini nazorat qilish boʻyicha bir nechta darslarda ishtirokchilar koʻnikmalari oshirildi.

Oʻquv-uslubiy yigʻinning keyingi jarayonlarida yakka tartibdagi sinov mashgʻulotlari ham tashkil etilib, yig‘in ishtirokchilarining olgan bilimlari tekshirildi.

Shuningdek, yigʻin davomida okrug qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari, harbiy qism va muassasalaridagi moliya xizmati mutaxassislari tomonidan Farg‘ona shahridagi “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar internat uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar olindi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati