Navoiyda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” va vatanparvarlik festivali oʻtkazildi

0
1312

Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi tomonidan Navoiy viloyatining Navbahor tumanida joylashgan 6-umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” oʻtkazildi.

Uchrashuvda okrug qoʻmondonligi, tuman hokimligi hamda mahalla faollari ishtirok etib, yoshlarga Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish va oliy harbiy taʼlim muassasalarida tahsil olish toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtdi.

Shuningdek, rahbarlar tomonidan yoshlarning harbiy va ijtimoiy sohadagi muammolari mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda atroflicha oʻrganilib, uni ijobiy hal etish masalalari koʻrildi.

Yakunda oʻzining naʼmunali xulqi va iste’dodi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan, muayyan yutuqlarga erishayotgan bir guruh yoshlarga okrug qoʻmondonligining esdalik sovgʻalari topshirilib, ertamiz egalari uchun vatanparvarlik festivali tashkil etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati