Hushyorlik va ogohlikka chorlovchi davra suhbati boʻlib oʻtdi

0
1974

Jadal surʼatlar bilan rivojlanib borayotgan zamonda yangi koʻrinishdagi jinoyatlar ham paydo bo‘lmoqda. Bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va xushyor boʻlishni davrning oʻzi taqozo qilmoqda. Aks holda jamiyatda oʻnglab boʻlmas, taraqqiyotdan ortda qolishiga olib keladigan maʼnaviy, siyosiy va iqtisodiy muammolar kelib chiqishi mumkin.

Shu nuqtayi nazardan, Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlardan birining madaniyat markazida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan profilaktik davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirga Respublikasi harbiy prokurorining oʻrinbosari, Toshkent harbiy prokurori va Toshkent shahar IIBB YPX xodimlari taklif qilindi.

Videoselektor shaklida oʻtkazilgan tadbirda soʻzga chiqqanlar harbiy xizmatchilarning huquqiy ongini yanada oshirish, qonunchilikdagi yangiliklar hamda jinoyatga jazo muqarrar ekanligi haqida batafsil maʼlumotlar berib, barchani ogohlikka chorladi. Sodir etilayotgan koʻngilsiz hodisalarning asl sabablarini chuqurroq tahlil qilib borish kerakligi uqtirildi.

Davra suhbati ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javob oldi. Shuningdek, yoʻl harakati qoidalari toʻgʻrisida videoroliklar ham namoyish etildi.