Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashgʻuloti guruh rahbarlari bilan oʻquv-uslubiy yigʻin oʻtkazildi

0
1341

Markaziy harbiy okrug qoʻshinlaridagi barcha toifadagi shaxsiy tarkibning maʼnaviy-maʼrifiy bilimlarini, vatanparvarligi va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish, faol hayotiy pozitsiyasini shakllantirish maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik mashgʻuloti guruh rahbarlari bilan oʻquv-uslubiy yigʻin oʻtkazildi.

Okrug qoʻmondonligining rahbarligida videoaloqa tarzida oʻtkazilgan yigʻinda dastlab 2024/2025-oʻquv yilida maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik mashgʻulotlarini tashkillashtirishning maqsad va vazifalari, kutilayotgan natijalari yetkazildi.

Shuningdek, oliy taʼlim muassasalarining malakali pedogoglari ishtirokida notiqlik sanʼatining oʻrni va ahamiyati, hududiy din ishlari boʻyicha qoʻmita xodimlari tomonidan davlat va din munosabatlari yoʻnalishida mashgʻulotlarni tashkil etishda mashgʻulot rahbarining tayyorgarligi boʻyicha treninglar oʻtkazildi.

Yigʻin yakunida “Maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik guruh rahbarlari uchun” nomli adabiyotlar koʻrgazmasi oʻtkazilib, undan foydalanish tartibi tushuntirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati