Jasorat lavhalari qarshisidagi yoshlar

0
1471

Toshkent harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan “Xotira – ulugʻ qadriyat” shiori ostida tadbirlar tashkil etilmoqda.

Shunday ekskursiyalardan biri Chinoz tumanidagi 5-, 13-,14- va 42-maktabning 60 nafarga yaqin yoshlari ishtirokida poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyida boʻlib oʻtdi.

Mudofaa vazirligiga qarashli kuch tuzilmalari vakillari yoshlarni muzey va tarixiy manbalar bilan yaqindan tanishishlariga bosh-qosh boʻlishdi.

Shonli tariximiz, ota-bobolarimizni Vatan tinchligi yoʻlida koʻrsatgan qahramonliklari aks etgan lavhalar oʻquvchilarni tarixiy muhitga olib kirgan boʻlsa, bobolarimizning bemisl jasoratlari ularning qalbini faxr-iftihorga toʻldirdi.

Bu kungi sayohat chinozlik oʻquvchilar qalbida ajib taassurotlarni qoldirgani shubhasiz.