Muddatli harbiy xizmatchilar ishtirokida psixologik davra suhbati

0
1510

Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga muddatli harbiy xizmatga yangi chaqirilgan harbiy xizmatchilarning xizmat sharoitlariga moslashishi, harbiy birodarlik va oʻzaro jipsligini taʼminlash maqsadida Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan harbiy qismda “Harbiy xizmatchilarni ruhiy yengillashtirish va vatanparvar shaxs sifatida barkamollashtirish” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi maslahatchisi, xalqaro toifadagi ekspert, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova hamda Mudofaa vazirligi bosh mutaxassisi amaliy psixolog Rushana Xalilova ishtirok etdi.

Uchrashuvda soʻzga chiqqanlar muddatli harbiy xizmatchilarda xizmat oʻtash uchun zarur boʻladigan sifatlarni shakllantirish, ularda Vatanga muhabbat, ona yurtni himoya qilishga shaylik, yurt ravnaqiga daxldorlik tuygʻularini shakllantirishga qaratilgan maʼruzalar hamda zaruruy tavsiyalar berdi.

Tadbir davomida turli koʻrinishdagi psixologik metodlardan foydalangan holda terninglar ham tashkil etildi. Shuningdek, tadbirda faol ishtirok etgan harbiy xizmatchilarga mehmonlarning mualliflik kitoblari topshirildi.