Navoiyda “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi

0
1085

Buyuk ajdodlarga munosib avlod boʻlish, yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik hissi bilan yashash har birimizning muqaddas burchimizdir. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda qonunlarga hurmat, adolat tuygʻusini yanada mustakamlash maqsadida tarix, bugun va kelajakni oʻzida mujassam etgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish anʼanaga aylandi. Navoiy garnizonida ham shu maqsadda tashkil etilgan “Uch avlod uchrashuvi”da harbiy xizmatchilar, faxriylar, nuroniylar va oʻquvchi yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar harbiy xizmatchilarni Vatan taqdiri, yurt tinchligi va himoyasi yoʻlida bor salohiyati bilan masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir boʻlgan avlodni tarbiyalash borasida fikrlarni oʻrtaga tashlashdi. Yoshlarga oʻtgan kunimizdan faxrlanish, bugungi kunga shukrona keltirish va ertangi kunimizga ishonch bilan yuzlanish toʻgʻrisida tavsiyalar berib oʻtildi.

Shundan soʻng tadbirning badiiy qismi boshlandi. Unda harbiy orkestr hamda viloyat madaniyat boshqarmasining folklor jamolarining Vatanni madh etuvchi hamda milliy kuy-qoʻshiqlarini ijro etilgani ertamiz egalarida vatanparvarlik tuygʻusini oshirishga xizmat qilgan boʻls ajab emas.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati