Qashqadaryoda ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi

0
4329

Joriy yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan Qurolli Kuchlar vazirlik va idoralari bilan hamkorlikda mamlakatimizning olis hududlarida ommaviy sayyor qabullar oʻtkazib kelinmoqda.

Muqaddam Toshkent viloyatining Bekobod tumani, Navoiy viloyatining Zarafshon shahri, Surxondaryo viloyatining Denov tumanida shu kabi qabullar oʻtkazilgan bo‘lsa, ularning navbatdagisi Muborak tumanida tashkil etildi.

Qabulda Harbiy prokuratura, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya mas’ullari, Janubi-gʻarbiy harbiy okrug qoʻmondonligi, tuman hokimligi, sogʻliqni saqlash, maktabgacha taʼlim va maktab, bandlik boshqarmalari va boshqa mutasaddilar qatnashdi.

Ommaviy qabulda Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari, xodimlari va ularning oila aʼzolari, pensionerlar va tuman aholisi, yoshlar ishtirok etdi. Shu yerning oʻzida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi, kitoblar savdosi ham tashkil etildi.

Daslab qabulning maqsadi, murojaatlarni hal qilmsh uchun tashrif buyurgan mutasaddilar tanishtirilgach, barcha murojaatlarning yoʻnalishlari boʻyicha alohida-alohida qabul qilinib, murojaatlar tinglandi, qonun normalari boʻyicha tushuntirishlar berildi, ijrosi muddat talab qilinadigan ijrosi nazoratga olinib hal qilishga kirishildi.

Jarayonda jami 102 ta murojaat kelib tushdi, ularning 33 tasi joyida ijobiy hal etildi, 56 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi, 13 tasi nazoratga olingan holda mutasaddilarga yuborildi.