Tibbiy taʼminot xizmati rahbariyati tarkibining oʻquv-uslubiy yigʻini boshlandi

0
1518

Bugun, 24-aprel kuni Harbiy tibbiyot akademiyasida Mudofaa vazirligi tibbiy ta’minot xizmati rahbariyati tarkibining o‘quv-uslubiy yig‘ini boshlandi.

Bir necha kun davom etdigan oʻquv-uslubiy yigʻinining birinchi kuni konferensiya tarzida tashkil qilinib, bunda ishtirokchilar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xavfsizlik kengashini kengaytirilgan majlisidagi topshiriqlari mazmun-mohiyati, Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining tibbiy taʼminotini 2024/2025-oʻquv yilida harbiy tibbiyotni yanada rivojlantirish boʻyicha asosiy yoʻnalishlarni belgilab olish, rahbar xodim va harbiy tibbiy kadrlar oldiga qoʻyilgan asosiy meʼzonlar hamda tibbiyot sohasidagi hukumat qarorlari, vazirlik boshqaruv hujjatlari talablarini yetkazish, tibbiy taʼminot xizmati shaxsiy tarkibini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, axloqiy-ruhiy holatini yaxshilash, respublika tibbiyot tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning mazmun-mohiyati, sohaga doir olib borilayotgan tadbirlar samaradorligini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Maʼruzachilar jahon va Markaziy Osiyo mintaqasidagi harbiy-siyosiy vaziyatning oʻziga xos xususiyatlari, rivojlanish tendensiyalari va unga taʼsir etuvchi omillar,Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida sogʻliqni saqlash yoʻnalishida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, tibbiy taʼminot xizmatida uchrashi mumkin boʻlgan korrupsion omillar va ularni oldini olish tadbirlari haqida ishtirokchilarga maʼlumot berib oʻtishdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti