Qurolli Kuchlar akademiyasi arizalar qabul qilish muddatini uzaytirdi

0
6227

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi qabul komissiyasi bakalavriyatga nomzodlarni saralash va qabul qilish boʻyicha quyidagilarni ma’lum qiladi:

2024-yil 1-fevralidan boshlangan Akademiyada oʻqishga qabul qilish ishlari joriy yil 10-aprel kuni yakunlandi, biroq Mudofaa vazirligi, Vatanimiz yoshlari uchun Akademiyada oʻqishga kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida, ariza qabul qilish davrini 2024-yil 10-maygacha uzaytirdi.

Shu kungacha Akademiyada oʻqish istagi bor fuqaro yoshlar oʻzi roʻyxatda turgan mudofaa ishlari boʻlimiga belgilangan shakldagi ariza, Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari esa oʻzi xizmat qilayotgan harbiy qism kadrlar boʻlimiga belgilangan shakldagi bildirgi berishlari mumkin.

Saralash va qabul boʻyicha savollar bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi qabul komissiyasiga 71-289-95-49 raqamli telefon orqali murojaat qilish mumkin.