“Ibratli harbiy oila” tanlovining qo‘mondonlik bosqichi bo‘lib o‘tdi

0
2120

Harbiy xizmatchilarning oilalarida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish, maʼnaviy-axloqiy muhitni, turli yot gʻoyalarga qarshi kurashda immunitetini shakllantirish va harbiy xizmatchilar oila aʼzolarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish bugungi kunda ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda Mudofaa vazirligiga qarashli Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligida respublikamizning deyarli barcha hududlardagi harbiy qismlardan saralanib kelgan harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolari ishtirokida “Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasiman” shiori ostida “Ibratli harbiy oila” koʻrik-tanlovining qoʻmondonlik bosqichi oʻtkazildi.

Ikki kun davom etgan tanlovda jami 8 ta jamoa oltita — “Oilam — mening baxtim”, “Kuch birlikda”, “Biz epchil — biz chaqqon”, “Osh chempionati”, “Mozaika yigʻish” va “Musiqiy kompazitsiya” deb nomlangan shartlar bo‘yicha bellashuvga kirishdi.

Shiddatli va murosasiz bahslar hakamlar tomonidan munosib baholanib borildi. Yakuniy natijalarga koʻra oʻrinlar quyidagicha taqsimlandi:

  • 1-oʻrin — Musayevlar oilasi (Toshkent viloyati);
  • 2-oʻrin — Zohidovlar oilasi (Fargʻona viloyati);
  • 3-oʻrin — Olmosovlar oilasi (Samarqand viloyati).

Gʻolib va sovrindorlarga diplom, pul mukofotlari hamda Mudofaa vazirligi bosqichiga yoʻllanmalar topshirildi.