Shohrux Davlatov va Yekaterina Tunguskova “BYD Song Pro” sohibiga aylandi

0
648

45 mamlakatdan tashrif buyurgan havaskor va professional sportchilarni oʻzida jamlagan BYD Toshkent VI xalqaro marafoni oʻz gʻoliblarini aniqladi. 6000 nafarga yaqin ishtirokchini jamlagan ommaviy sport tadbiri koʻtarinki ruhda oʻtdi.

Tantanali ochilish marosimida Sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, mamlakat Yengil atletika va triatlon federatsiyalari va musobaqa tashkiliy qoʻmitasi rahbariyati, shuningdek, BYD LLC kompaniyasining yurtimizdagi vakili Ivan Kao ishtirok etdi. Soʻz olgan rasmiylar Toshkent xalqaro marafoni yildan yilga oʻz nufuzini mustahkamlab borayotgani, hamyurtlarimiz orasida ommaviy sportni targʻib qilishda muhim tadbirga aylangani haqida toʻxtalishdi.

Shundan soʻng poygalarga start berildi. Ishtirokchilar 3, 10 km, yarim marafon va marafon masofalariga yugurish boʻyicha bellashishdi. Yakunda hamyurtlarimiz orasida yarim marafon va marafon boʻyicha eng yaxshi natija koʻrsatgan Mudofaa vazirligi JG’MHO sportchilar vzvodi sportchisi kichik serjant Shohrux Davlatov va Mudofaa vazirligi sport markazi sportchisi Qurolli Kuchlar xizmatchisi Yekaterina Tunguskova bosh sovrin – “BYD Song Pro” avtomobilini qoʻlga kiritishdi. Boshqa yoʻnalishlar boʻyicha gʻolib va sovrindorlar roʻyxati quyidagicha koʻrinish oldi:

  • 3 km, Ayollar:
    1. Marjona Okkuzieva (MV MAU) – 09:16
    2. Hayotkhon Abdumannopova (MV MAU) – 09:36
  • 10 km, erkaklar:
    1. Hasan Mirsoatov (MV JG’MHO) – 33-32
  • Yarim marafon, erkaklar.
    2. Shohrux Davlatov (MV JG’MHO) – 1:04:22
    3. Evgeniy Fadeev (MV THO) – 1:06:47
  • Marafon, ayollar.
    Ekaterina Tunguskova (MV SM)