Uchta viloyatning turli hududlarida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” oʻtkazildi

0
1145

Jizzax, Samarqand hamda Kattaqoʻrgʻon garnizonlaridagi harbiy xizmatchilari tomonidan otaliqqa olingan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda muammoli masalalarini ijobiy hal etish maqsadida “Rahbar va yoshlar uchrashuv”lari hamda vatanparvarlik festivallarini oʻtkazildi.

Jumladan, Jizzax garnioznidagi harbiy xizmatchilar Sharof Rashidov tumanida joylashgan akademik litseydagi yoshlar bilan muloqot qilib, harbiy prokuratura bilan hamkorlikda harbiy va ijtimoiy sohadagi muammolari atroflicha oʻrgandi.

Bu borada Samarqand garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda Samarqand shahar mudofaa ishlar boʻlimi shahardagi “Devori koʻndalang” MFYda joylashgan 9-IDUMda boʻlib, yoshlarga Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish va oliy harbiy taʼlim muassasalarida tahsil olish toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanining yoshlarida vatanparvarlik, jasorat va mardlik hissini yanada oshirishni maqsad qilgan Navoiy garnioznidagi harbiy xizmatchilar uchrashuvda “Jasorat va mardlik”, “Vatanga xizmat — oliy fazilat” mavzularida ertamiz egaliga milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda oliy harbiy bilim yurtlari haqida maʼlumotlar berishdi.

Oʻtkazilgan uchrashuvlardan soʻng tashkil etilgan vatanparvarlik festivali esa, yoshlarning harbiylikka boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati