Sportchilarimiz Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari yo‘llamasini qo‘lga kiritdi

0
877

Tokio shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha qitʼaviy litsenzion turnirning soʻnggi kunida Mudofaa vazirligi sport markazi sportchisi kichik serjant Nilufar Zokirova 200 metr masofaga kechgan poygada oltin medal qo‘lga kiritdi.

Shu bilan birga, u Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisiga aylanmoqda. Bu Zokirovaning faoiyatidagi ikkinchi Olimpiada bo‘ladi.

Shuningdek, Baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha Yaponiya mezbonlik qilgan Osiyo litsenzion turnirida baydarkada 1000 metr masofaga kechgan poygada Mudofaa vazirligi sport markazi sportchisi Qurolli Kuchlar xizmatchisi Shahriyor Mahkamov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Eng asosiysi, ushbu natija bilan yurtdoshimiz Parij-2024 Olimpiya o’yinlari yoʻllanmasiga ham sazovor boʻldi.