Aloqa harbiy instituti kursantlari xalqaro olimpiadada ikkinchi oʻrinni egalladi

0
2199

14–18-aprel kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida MDHga aʼzo mamlakatlar oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari oʻrtasida oʻtkazilgan informatika fani boʻyicha VII xalqaro olimpiada bahslarida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institut kursantlaridan iborat jamoa faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Kursantlar 20-aprel kuni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportda tantanali ravishda kutib olindi. Marosimda Mudofaa vazirligi va harbiy institut mas’ullari, kursantlarning ustozlari, kursdoshlari va ota-onalar ishtirok etdi.

Marosimda soʻz olganlar kursantlarning gʻalabasi bilan takriklab, mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, ularning talim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlardan toʻgʻri va oqilona foydalanib davlatimiz bayrogʻini hamda nufuzini yanada yuqorilarga koʻtarishida kuch-quvvat, shijoat, omad va zafarlar tilashdi.

Harbiy orkestr sadolari ostida kutib olingan gʻolib va sovrindorlar esdalik sovgʻalari topshirildi.

Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti