CHORAK YAKUNI BO‘YICHA TANQIDIY VA TAHLILIY YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI

0
1943

Toshkent shahridagi harbiy qismlarning birida 2024-yil 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan hisobot-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Videoselektor formatidagi o‘tgan yig‘ilish davomida qo‘shinlar xizmati, jangovar tayyorgarlik, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar hamda moddiy-texnik ta’minoti yo‘nalishdagi hisobotlar tinglandi.

Tanqidiy ruhda kechgan yig‘ilishi avvalida so‘zga chiqqan barcha yo‘nalishlarning mas’ul ofitserlari tomonidan 1-chorak yakuni, bajarilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va amalga oshirilishi zarur bo‘lgan eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risida ma’ruza qildilar.

Shuningdek, qo‘shilma va harbiy qismlar komandirlari tomonidan hisobot davri davomida barcha yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlarning hisoboti ham tahlil etilib, muammoli masalalar yechimi yuzasidan shu joyning o‘zida tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish so‘nggida, Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Jur’at Yaqubov tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan to‘g‘ri xulosa chiqarish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab berildi. Kelgusida Mudofaa vazirligi miqyosida o‘tkazilayotgan barcha ko‘rik-tanlov va musobaqalarda ham yuqori marralarni zabt etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritish asosiy maqsad qilib belgilandi.