Farg‘onada ijodiy uchrashuv o‘tkazildi

0
2646

Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida Kinokarvon loyihasi ishtirokchilari bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

San’atkorlar hariy-akademik litseyda tantanali kutib olindi. “Temurbeklar maktabi” jamoasi, harbiy prokuratura hamda jamoatchilik vakillari tomonidan iliq qarshi olingan “Kinokarvon” ishtirokchilari harbiy-akademik litsey faoliyati bilan ham tanishtirildi. Mehmonlar bu yerda yaratilgan imkoniyatlar hamda ta’lim jarayonlarini e’tirof etishdi. O‘quvchilar bilan yaqindan suhbatlar ham o‘tkazildi.

Shundan so‘ng, ijodiy uchrashuv doirasidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir boshlandi. Tadbir avvalida yurtimiz madhiyasi yangradi. “Kinokarvon” loyihasi ishtirokchilari tomoshabinlar bilan suhbat qurdi, o‘zaro muloqot she’riy chiqishlar, monologlarga ulandi. Shuningdek, diltortar qo‘shiqlar ham ijro etilib, barchaga a’lo kayfiyat ulashdi.

Yakunda esa “O‘zbek qizi” nomli milliy film namoyish etildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati