Tarbiyaviy va mafkurafiy ishlar organi ofitserlari ishtirokida o‘quv-uslubiy yig‘in o‘tkazildi

0
1792

Jizzax garnizonidagi harbiy qism bazasida Markaziy harbiy okrug qo‘shinlaridagi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari bilan “Bo‘linmalarda axloqiy-ruhiy tayyorgarlik tadbirlarini tashkillashtirish” yuzasidan ikki kunlik o‘quv-uslubiy yig‘in o‘tkazildi.

Yig‘inda dastlab, Qurolli Kuchlar tizimida qo‘shinlarni jangovar shaylikning yuqori darajalariga keltirish tartibi va unda bajariladigan tadbirlarning mazmun-mohiyati yetkazildi.

Shuningdek, yig‘in davomida soha vakillarining jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarida psixologik tayyorgarlik elementlarni qo‘llash, shaxsiy tarkibning individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish va individual tartibda o‘rganish kundaliklarini yuritish, maxsus harakatlar davomida axloqiy-ruhiy ta’minotni tashkillashtirish,  huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda soha bo‘yicha mansabdor shaxslarning faoliyati, harbiy intizom tahlili va hisobot berish tartibi bo‘yicha bilimlari mustahkamlandi.

Yig‘in davomida respublika harbiy prokurori o‘rinbosari hamda Jizzax harbiy prokurori ishtirokida qo‘shinlarda huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashishda harbiy xizmatchilarning huquqiy savodxonligini oshirish masalalari ko‘rildi.

Bundan tashqari, soha vakillarining jismoniy, jangovar, taktik, topografik hamda texnik tayyorgarliklari ham sinovdan o‘tkazildi.

Yakunda okrug qo‘mondonligi tomonidan ishtirokchilarning ko‘rsatgan natijalari, faoliyati tahlil etilib, yig‘in davomida egallagan bilimlarini amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati