Abdulla Qodiriy xotirasiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi

0
1070

Kuni kecha poytaxtimizda joylashgan Abdulla Qodiriy memorial muzeyining 5 yilligi hamda Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligi keng nishonlash maqsadida adabiy-badiiy kecha boʻlib oʻtdi.

Ta’kidlash kerakki, oʻzbek romanchiligi asoschisi, maʼrifatparvar, ulkan iste’dod sohibi Abdulla Qodiriyning maʼnaviy merosi hanuzga qadar mushtariylar diqqatini o‘ziga tortib kelmoqda.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi, Mudofaa vazirligiga qarashli qoʻmondonlik harbiy xizmatchilari, ilmiy xodimlar, olimlar, rassomlar va sanʼatkorlar ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar Qodiriy qoldirgan meros haqida so‘z yuritib, uning porloq xotirasiga eʼzoz-ehtirom ko‘rsatdilar. Shuningdek, Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktyorlari hamda harbiy xizmatchilar tomonidan jadidchi bobolarimizning hayot yoʻllarini oʻzida aks etgan sahna chiqishlari namoyish etildi.