Samarqandda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi

0
1656

Samarqand shahrida joylashgan Samarqand avtomobilsozlik institutida talaba yoshlari bilan “Yoshlar — milliy armiyamiz nigohida!” shiori ostida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.

Uchrashuvda Samarqand garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, Oʻzbekiston yoshlari ittifoqi viloyati kengashi raisi, faxriylar hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni milliy armiyamizda olib borilayotgan islohotlardan boxabar qilish hamda Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilish istagini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan uchrashuv ochiq va samimiy ruhda oʻtdi.

Shuningdek, Samarqand viloyatining eng olis hududlaridan biri bo‘lgan Qo‘shrabot tumanida joylashgan “Zarkaent” MFYda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.