“Ibratli harbiy oila” koʻrik-tanlovining okrug bosqichi o‘tkazildi

0
2303

Harbiy oilalar metin irodali, har tomonlama namunali boʻlishlari, har qanday sharoitga moslashuvchan boʻlishi shart ekani doimo taʼkidlab kelinadi. Ana shunday namunali harbiy oilalarning eng saralari Toshkent harbiy okrugi Chirchiq garnizonidagi harbiy qism Manaviyat va maʼrifat markazida “Ibratli harbiy oila” koʻrik-tanlovining okrug bosqichida bellashdi.

Tanlovda okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarida oʻz xizmat burchini oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning oilalardan iborat 8 ta jamoa ishtirok etdi. Ishtirokchilar “Oilam — mening baxtim”, “Kuch — birlikda”, “Biz epchil, biz chaqqon”, “Mozaika yigʻish” hamda “Musiqiy kompozitsiya” shartlari asosida oʻzaro bahsga kirishdi.

Tanlov shahar Oila va xotin-qizlar boʻlimi, Chirchiq garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazi vakillari, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi xodimlari tomonidan odilona va shaffof baholandi.

Bahs va munozaraga boy o‘tgan tanlovda eng koʻp ball toʻplagan harbiy oila koʻrik-tanlovning mutlaq gʻolibi deb topilib, Mudofaa vazirligi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Toshkent harbiy okrug matbuot xizmati