Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish yo‘lida

0
1040

O‘zbekiston Prezidentining “Aholiga madaniy xizmat koʻrsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, 2024-2025-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida teatr, sirk va konsert-tomosha tashkilotlari jamoalarining gastrol safarlari hamda hududlarning madaniyat kunlarini oʻtkazish rejalashtirilgan. Kuni kecha, mazkur rejaga asosan konsert-tomosha jamoalari Surxondaryo viloyatida bo‘ldi.

Joriy yilning aprel oyidan boshlab viloyatning barcha tuman va mahallalarida teatr, sirk va konsert-tomosha tashkilotlari jamoalarining gastrol safarlari hamda hududlarning madaniyat kunlarini oʻtkazilish rejalashtirilgan boʻlib, tadbirning dastlabkisi Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qism madaniyat markazida tashkil etildi. Unda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari hamda muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Yurtdoshlarimizning madaniy dam olishini taʼminlash maqsadida tashrif buyurgan Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada simfonik orkestri jamoasi yigʻilganlarga xushkayfiyat ulashdi.