Hindiston harbiy delegatsiyasi O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga tashrif buyurdi

0
1727

Bugun, 15-aprel kuni Hindiston Respublikasi Qurolli kuchlarining Quruqlikdagi qo‘shinlari shtab boshlig‘i general Manoj Pande rahbarligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Hindiston delegatsiyasini mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Shuhrat Xalmuhamedov qabul qildi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘zbek-hind o‘quv-mashg‘ulotlarini o‘tkazish, ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy hamkorlik istiqibollarini muhokama qildilar.

Shundan so‘ng, mehmonlar Qurolli Kuchlar Davlat muzeyiga tashrif buyurib, u yerdagi tarixiy eksponatlar bilan tanishdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti