O‘zbekiston va Hindiston harbiylari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari boshlanmoqda

0
4826

“Termiz” harbiy poligonida Oʻzbekiston va Hindiston Respublikalari Mudofaa vazirliklari boʻlinmalari oʻrtasida “Doʻstlik” qoʻshma harbiy oʻquv mashgʻulotlari boshlanadi.

Bu ikki davlat oʻrtasidagi beshinchi harbiy mashgʻulot boʻlmoqda. 2019-yildan buyon shu paytgacha “Doʻstlik” mashgʻulotlari har ikki davlatda ikki martadan oʻtkazilgan.

Mashgʻulotlarda harbiy boʻlinmalar oʻrtasida terrorizmga qarshi birgalikda kurashish va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishda muvofiqlashtirilgan harakatlar va jipslikni oshirishga asosiy eʼtibor qaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda “Do‘stlik” o‘zbek-hind harbiy o‘quv mashg‘ulotlari Hindistonning Uttarakxand shtati Pitxoragarx shahrida o‘tkazilgan edi. Undan oldingi o‘quvlar esa Xorazm viloyatida joylashgan “Yangiariq” poligonida bo‘lib o‘tgan.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti