Samarqandda harbiy qism tashkil topgan kun nishonlandi

0
2691

Samarqand garnizonidagi harbiy qismlardan biri tashkil etilganligining 25 yilligi munosabati tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Farrux Ziyabayev va uning oʻrinbosarlari, faxriylar, jamoatchilik vakillari hamda harbiy qism shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolari ishtirok etdi.

Qoʻmondon tabrik soʻzida dastlab, harbiy qism shaxsiy tarkibini ushbu qutlugʻ sana bilan muborakbod etib, yurt posbonlarining kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tiladi. Shuningdek, milliy armiyamiz saflarida oʻz oʻrniga ega boʻlgan ushbu harbiy qism harbiy xizmatchilari uzoq yillar davomida turli taktik oʻquv mashgʻulotlarida, umumarmiya oʻyinlarida, qolaversa, xalqaro musobaqalarda faol ishtirok etib, Oʻzbekiston bayrogʻi baland koʻtarilishiga munosib hissa qoʻshganini eʼtirof etdi.

Qutlug‘ sana munosabati bilan jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik borasida, harbiy okrug, Mudofaa vazirligi va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda bir qator yutuqlarga erishgan va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda munosib hissa harbiy xizmatchilarga faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Tantanali tadbirning badiiy qismida harbiy orkestr jamoasi va viloyatning xushovoz sanʼatkorlari tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati