Qashqadaryoda “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi yakunlandi

0
1259

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda yoshlarga davlat siyosati darajasida mutlaqo yangicha tarzda eʼtibor qaratilmoqda. Maqsad — ertamiz egalarini vatanparvar qilib tarbiyalash. Buning uchun esa salmoqli ishlar allaqachon boshlab yuborilgan.

Shu kabi ezgu amallar yo‘llida kuni kecha Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati kengashi bilan hamkorlikda “Vatanparvarlar” harbiy-sport musoboqasi oʻtkazildi. Unda 10 dan ortiq tumanlardan kelgan yoshlar 7 ta shart boʻyicha oʻz kuch va bilimlarini namoyon qildilar.

Tadbir shiddatidan bilish mumkinki, jamoalar ushbu sport musobaqasiga anchadan buyon tayyorgarlik koʻrgan. Bellashuvlarda ishtirokchilar “Mohir mergan“, “Turnikda tortilish”, “Harbiylashtirilgan estafeta”, “Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish”, “Safda qoʻshiq aytish” hamda “Temur tuzuklari bilimdoni” shartlari boʻyicha oʻzaro bellashdi.

Musobaqa shartlari jismoniy va aqliy bilimlarini sinovdan oʻtkazish bilan birgalikda ijodiy qobiliyatlarini ham kashf qilishga yordam beradi.

Tanlovda Muborak tumanidan kelgan jamoa faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, tanlovning keyingi bosqichiga yoʻl oldi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati