Ikkita hududda “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi

0
2301

Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi “Sazagan” okrug poligonida anʼanaviy tarzda oʻtkaziladigan “Vatanaparvarlar” harbiy-sport musobaqalarining Samarqand viloyat bosqichi hamda Navoiy garnizonidagi harbiy qismda Navoiy viloyati bosqichi boʻlib oʻtdi.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ushbu musobaqada Samarqanddan 2 ta shahar va 14 ta tuman, Navoiy viloyatidan esa 3 ta shahar hamda 9 ta tumandagi umumtaʼlim maktablarining “Vatan tayanchi” harakatiga aʼzo oʻquvchilari ishtirok etdi.

Jamoalar “Safda qoʻshiq aytish”, “Harbiylashtirilgan estafeta”, “Mohir mergan”, “Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish”, “Temur tuzuklari bilimdoni”, “Turnikka tortilish” hamda  “Vatan tayanchi yulduzlari” kabi shartlarda jamoaviy va alohida nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblik uchun kurash olib bordi.  

Musobaqani baholab borgan malakali harbiy xizmatchilar hamda mutaxassislarning xulosasiga koʻra, g‘olib jamoalar munosib aniqlandi.

Samarqand viloyati bo‘yicha:
1-oʻrin — Kattaqo‘rg‘on tumani 57-maktabning “Qalqon” jamoasi;
2-oʻrin — Kattaqo‘rg‘on shahridagi 14-maktabning “Turon” jamoasi;
3-oʻrin — Bulung‘ur tumanidagi 4-maktabning “Sohibqiron” jamoasi.

Navoiy viloyati bo‘yicha:
1-oʻrin —Uchquduq tumani 7-maktabning “Qalqon” jamoasi;
2-oʻrin —Zarafshon shahridagi 11-maktabning “Burgutlar” jamoasi;
3-oʻrin —  Navoiy shahridagi 7-maktabning “Shunqorlar” jamoasi.

Shuningdek, musobaqa jarayonlarida “Eng kuchli sportchi”, “Eng yaxshi mergan”, “Amir Temur tuzuklari bilimdoni” hamda “Eng yaxshi ijrochi” nominatsiyalari gʻoliblari aniqlandi.

Gʻolib va sovrindorlarga okrug qoʻmondonligi, mudofaa ishlari boshqarmasi, Yoshlar ishlar agentligi va Yoshlar ittifoqi viloyat kengashining diplom, kubog hamda qimmatbaho sovgʻalari topshrildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati