Fargʻona “Temurbeklar maktabi”da tantanali tadbir boshlandi

0
2368

Fargʻona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida ayni vaqtda sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan Mudofaa vazirligi, Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligi mas’ullari, yozuvchi, ijodkorlar ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtmoqda.

Tadbir avvalida mehmonlar harbiy-akademik litsey faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqdi. Shundan soʻng, Amir Temur byusti poyiga gul qoʻyib, hurmat bajo keltirdilar.

Harbiy-akademik litsey anjumanlar zalida mudofaa vaziri o‘rinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Iqbol Mirzaaliyev, O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Minxojiddin Mirzo, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, kinorejissyor Hilol Nasimov to‘plandilar.

Tadbir davomida XIV asrning eng yorqin siymosi – Amir Temur hayoti, jang san’ati, harbiy yurishlardagi g‘alabalari, uning merosi haqida yig‘ilganlarga batafsil ma’lumot berilishi ko‘zda tutilgan.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati