Namanganda ham “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

0
2315

Namangan garnizonidagi harbiy qismda Namangan viloyatidagi umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari “Vatan tayanchi” otryadlari o‘rtasida “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, o‘quvchi yoshlar, Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Musobaqa ishtirokchilari “Harbiy estafeta”, “Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish”, “Merganlik mahorati”, “Saf qo‘shiqlari” hamda “Temur tuzuklari bilimdoni” shartlari bo‘yicha murosasiz bahslarga kirishdi. Musobaqa shaffof tarzda o‘tishini ta’minlash maqsadida hakamlar hay’ati barcha shartlarni kuzatib bordilar.

Shiddatli musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, faxrli 1-o‘rinni Uchqo‘rg‘on tumani jamoasi qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlar okrug qo‘mondonligi, viloyat mudofaa ishlar boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi va “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati