Sirdaryoda “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi oʻtkazildi

0
2251

Sirdaryo viloyati shahar va tumanlaridagi umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinflarida tahsil olayotgan “Vatan tayanchi” otryad aʼzolari oʻrtasida “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi oʻtkazildi.

Musobaqa Mudofaa vazirligi, Toshkent harbiy okrugi, Maktabgacha va maktab ta’limi, Yoshlar ishlari boshqarmasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi hamkorligida tashkil etildi.

Qizgʻin bahslarga boy boʻlgan musobaqada yoshlar “Mohir mergan”, “Harbiylashtirilgan estafeta”, “Jabrlanuvchiga birinchi yordam koʻrsatish”, “Duatlon”, “Safda qoʻshiq aytish” va “Temur tuzuklari bilimdoni” kabi shartlar boʻyicha oʻzaro kuch sinashdi.

Musobaqa yakunlarida o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:

  • Oqoltin tumani 2-maktabning “Shunqorlar” jamoasi 1-o‘rin;
  • Mirzaobod tumani 33-maktabning “Madadkor” jamoasi 2-o‘rin;
  • Sirdaryo tumani 13-maktabning “Sheryuraklar” jamoasi 3-o‘rin.

Musobaqa ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning keyingi bosqichdagi ishtirokiga zafarlar tilandi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati