Amir Temur — buyuk davlat arbobi va mohir sarkarda

0
1953

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi mexanizatsiyalash muhandislari institutida  Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bagʻishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda oliy ta’lim muassasasining professor oʻqituvchilari, Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligi harbiy xizmatchilari hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.

Dastlab soʻzga chiqqanlar Amir Temurning markazlashgan davlat tuzishi, harbiy yurushlari va davlat boshqaruvi haqida ma’lumot berdi. Shundan so‘ng buyuk sarkarda nomini abadiylashtrish borasida hozirda olib borilayotgan ilmiy ishlarga to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirda davomida yoshlar tomonidan tayyorlangan videoroliklar, ijtimoiy soʻrovnomalar namoyish etilib, she’r va monologlar o‘qib eshittirildi. Harbiy xizmatchilar tomonidan Amir Temur hayoti va davlat boshqaruvini oʻzida aks ettirgan sahna koʻrinishi esa tomoshabinlarda katta taassurot qodirdi.