Samarqandlik yoshlar uchun harbiy qismlarda “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi

0
2566

Samarqand garnizonidagi harbiy qismda Samarqand shahrida joylashgan “Vatanparvar” MFY yoshlarini, Kattaqoʻrgʻon garnizonidagi harbiy qismda esa Kattaqoʻrgʻon, Narpay hamda Paxtachi tumanlaridagi umumtaʼlim maktablarining oʻquvchi yoshlari uchun “Milliy armiyamiz — yoshlar nigohida!” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi.

Tegishli idoralar bilan hamkorlikda oʻtgan tadbirda dastlab yoshlar harbiy qism saf maydonida yoyilgan turli oʻquv nuqtalarida qurol-aslaha va harbiy anjomlar bilan tanishib, koʻplab maʼlumotlarga ega boʻldilar. Harbiy qismda yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlarni koʻzdan kechirgan mehmonlarda harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqish ortgani shubhasiz.

Shundan soʻng ertamiz egalari harbiy qismlardagi muzey hamda oʻquv binolarida boʻlib, yildan yilga takomillashib borayotgan milliy armiyamiz haqida tasavvurlarini oshirdilar.

Yakunda har ikki harbiy qismda ham yoshlar harbiy orkestr ijrosidagi konsert dasturlari hamda harbiy xizmatchilarning turli sahna koʻrinishlaridan bahramand bo‘ldi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati