Amir Temur tavalludining 688 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda

0
2875

Amir Temur — o’zligimizni anglash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulug’vor ishlarda xalqimizga ma’naviy kuch bag’ishlab kelayotgan ulug’ siymolardan biridir. 

Sohibqiron tavallud topgan kun mamlakatimizda har yili ko’tarinki ruhda keng nishonlanadi. Bu yil ham ulug’ sarkarda tavalludining 688 yilligi tadbirlari katta xursandchilik bilan o’tkazilmoqda.

Xususan, Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda Termiz davlat universiteti, Toshkent akademiyasi institituti filiali talabalari hamda umumtaʼlim maktabi oʻquvchi ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Unda Amir Temur va temuriylarning milliy davlatchilik, ilm-fan, madaniyat, bunyodkorlik va boshqa sohalardagi ulkan merosini o’rganishga qiziqish jahon miqyosida tobora ortib borayotgani ta’kidlandi. Yurtimiz va xorijda temuriylarning dunyo sivilizatsiyasi ravnaqiga qo’shgan ulkan hissasiga oid ko’plab badiiy, publitsistik asarlar yaratilmoqda, ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Bularning bari Sohibqiron Amir Temur shaxsiyati va uni ulg’aytirgan zamin, tarixiy shart-sharoitga doir yangi-yangi qirralarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.