Jizzaxda “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi gʻoliblari aniqlandi

0
1507

Jizzax garnizonidagi harbiy qismda anʼanaviy tarzda oʻtkaziladigan “Vatanaparvarlar” harbiy-sport musobaqalarining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ushbu musobaqada bitta shahar va 12 ta tumandagi umumtaʼlim maktablaridagi “Vatan tayanchi” harakatiga aʼzo oʻquvchilar ishtirok etdi.

Musobaqa shartlariga koʻra, jamoalar “Safda qoʻshiq aytish”, “Harbiylashtirilgan estafeta”, “Turnikka tortilish”, “Mohir mergan”, “Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish”, “Temur tuzuklari bilimdoni” hamda “Vatan tayanchi yulduzlari” kabi shartlar boʻyicha oʻzaro bellashdi.

Qizgʻin va murosasiz kechgan bahslarda yoshlar nafaqt jamoaviy yutuq uchun, balki turli nominatsiyalar bo‘yicha birinchilikni qo‘lga kiritish uchun kurash olib bordi.

Musobaqani baholab borgan malakali harbiy xizmatchilar hamda mutaxassislarning xulosasiga koʻra quyidagi natijalar qayd etildi:

1-oʻrin — Sharof Rashidov tumani 9-maktabning “Lochinlar” jamoasi;
2-oʻrin — Paxtakor tumanidagi 19-maktabning “Turon” jamoasi;
3-oʻrin — Gʻallaorol tumanidagi 26-maktabning “Yosh askarlar” jamoasi.

Shuningdek, musobaqa jarayonlarida “Eng kuchli sportchi”, “Eng yaxshi mergan”, “Amir Temur tuzuklari bilimdoni” hamda “Eng yaxshi ijrochi” nominatsiyasining gʻoliblari aniqlandi.

 

Musobaqa gʻolib va sovrindorlariga kelgusi bosqichda ham omad yor boʻlishini tilanib, okrug qoʻmondonligi, mudofaa ishlar boshqarmasi va Yoshlar ittifoqi viloyat kengashining diplom, kubog hamda qimmatbaho sovgʻalari topshrildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati