“Amir Temurning harbiy sanʼati: strategiyasi va taktikasi”

0
2191

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Akademiyasida “Amir Temurning harbiy sanʼati: strategiyasi va taktikasi” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro ilmiy konferensiyaning asosiy maqsadi Amir Temurning harbiy strategiyasi va taktikasini yanada kengroq oʻrganish, xalqaro hamjamiyatga yetkazish va buyuk ajdodlarimizning boy harbiy merosini zamonaviy sharoitlarda oʻrganishni targʻib etishda iborat.

Ilmiy konferensiyada milliy va xorijiy tarixchi olimlar, shu jumladan, xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalarining yetakchi mutaxassislari, shuningdek, respublikamiz oliy (harbiy) taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.

“Amir Temurning harbiy sanʼati: strategiyasi va taktikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya milliy qahramonimiz, buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kunining 688 yilligi mamlakatimizda va dunyo miqyosida keng nishonlanayotgan kunlarga toʻgʻri kelishi, albatta ,tarixiy ahamiyat kasb etadi.

Shu bilan birga, xalqaro ilmiy konferensiyaning xulosalari va tavsiyalari harbiy xizmatchilarni bilimi va dunyoqarashini yanada kengaytirishga imkon yaratdi. Konferensiya yakunida faol ishtirokchilar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Qurolli Kuchlari Akademiyasi rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.