Litsey yoshlari harbiy okrug boshqaruv apparatiga tashrif buyurdi

0
2038

Qarshi shahridagi Ichki ishlar akademik litseyining 100 nafarga yaqin oʻquvchilari Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug boshqaruv apparatiga sayohat qildi. Mehmonlarni yuqori kayfiyatda kutib olgan mezbon ofitserlar okrug hududi va harbiy xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi.

Shundan so‘ng, “General va yoshlar uchrashuvi” samimiy muloqot tarzida kechdi. Okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Zaynobiddin Iminov bilan suhbatda mehmonlar mamlakatimiz mudofaa qudrati, yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida atroflicha maʼlumotlarga ega boʻldi.

Maskanda tashkil etilgan okrug shonli tarixi muzeyi sohaga doir koʻpgina maʼlumot va jihozlarni oʻz ichiga oladi. Yoshlar bularning barchasi bilan birin-ketin tanishar ekan yil sayin takomillashib borayotgan milliy armiyamiz qudrati va harbiy xizmatchilarimiz salohiyati haqida tasavvurlarini mustahkamlab oldilar.

Oʻz navbatida yoshlar va ularning ustozlari ham ajoyib mezbonlik hamda berilgan qimmatli maʼlumotlar uchun harbiy xizmatchilarga minnatdorlik izhor etdilar.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati