Ixtisoslashtirilgan maktabda “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi

0
1816

Yurtimizda tinchlikni mustahkamlash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, keksalarni e’zozlash, ertamiz egalarini barkamol qilib voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu kabi ezgu maqsadlar yo‘lida Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik Kengashi viloyat hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda “Milliy armiyamiz – Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir” shiori ostida Zangiota tumanida joylashgan Ixtisoslashtirilgan maktabda “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

Unda so‘zga chiqqan faxriylar bugungi kunda milliy armiyamizning kuch-qudrati, harbiy xizmatchilarimiz jahon arenalarida erishayotgan yutuqlar, mudofaa qudratini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumot berdilar.

Uchrashuv yakunida Mudofaa vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasining “Impuls” jamoasi tomonidan ijro etilgan Vatanni math etuvchi kuy-qo‘shiqlari yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. 

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati