Korrupsion jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan tadbir oʻtkazildi

0
2009

Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasi madaniyat markazida “Harbiy tibbiyot muassasalarida diniy-maʼrifiy muhitni barqarorlashtirish, harbiy intizomni mustahkamlash va jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Unda Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali, Qurolli Kuchlar sud tibbiy ekspertizasi, Sanitariya epidemiologiya nazorat markazi, Markaziy harbiy tibbiy komissiya shaxsiy tarkiblari hamda akademiya kursantlari ishtirok etishdi.

Dastlab, tadbirda soʻzga chiqqanlar “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” mavzusida maʼruzalar oʻqib eshittirildi. Shundan soʻng, Mudofaa vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat bo‘limi hamda Tarbiyaviy ishlar bosh boshqarmasi vakillari tomonidan 2022-2023-yillarda tibbiy taʼminot xizmatida sodir etilgan korrupsioni jinoyatlar tafsiloti, shaxsiy tarkib orasida harbiy intizomni mustahkamlash chora-tadbirlari xususida fikrlar yuritildi.

Sherzod EGAMBERDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti