“Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida festivallar oʻtkazildi

0
1564

Jizzax viloyati Baxmal tumanining “Fidokor” hamda Gʻallaorol tumanining “Marjonbuloq” MFYlarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida festivallar oʻtkazildi.

Festivalda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi vakillari, tuman hokimliklari, Jizzax garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, viloyat madaniyat boshqarmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining targʻibot guruhi aʼzolari ishtirok etdi.

Unda soʻz olganlar yosh avlodni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida, har tomonlama sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash hamda turli yot taʼsirlardan asrash birinchi galdagi vazifaga ekanini aytib, “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” degan naqlga amalga qilish lozimligi ta’kidlandi.

Shundan soʻng, mahallalardagi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda oʻnak boʻlayotgan bir guruh nuroniylarga minnatdorchilik sifatida viloyat va tuman hokimligining esdalik sovgʻalari topshirildi.

Festivalning badiiy qismida harbiy orkestr hamda taniqli sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar hamda faxriy qorovulning saf chiqishlari barchaga birdek hush kayfiyat ulashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati