“Ibratli harbiy oila” koʻrik-tanlovining okrug bosqichi boʻlib oʻtdi

0
2910

Oila – muqaddas qoʻrgʻon, mehr tarqatuvchi goʻsha. Sababi tarbiya ham, mustahkam rishtalar ham aynan oiladan boshlanadi. Jamiyatning muhim boʻgʻini boʻlgan oilalar qanchalik tinch va totuv boʻlsa, shundagina davlat tinch va barqaror ravnaq topishi mumkin. Shu jihatdan, oila qoʻrgʻonining mustahkamligi va unda maʼnaviy jihatlarning shakllanishi hamda amalga oshirilishi muhim ahamiyatga ega.

Harbiy xizmatchilar orasida shu kabi qarashlarni mustahkamlash maqsadida kuni kecha “Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasiman” shiori ostida “Ibratli harbiy oila” koʻrik-tanlovining Markaziy harbiy okrug bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tanlovda okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarida oʻz xizmat burchini oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning oilalardan iborat 13 jamoa ishtirok etdi. Ishtirokchilar “Oilam — mening baxtim”, “Kuch — birlikda”, “Biz epchil, biz chaqqon”, “Mozaika yigʻish” hamda “Musiqiy kompozitsiya” shartlari asosida oʻzaro bellashdi.

Tanlov Samarqand shahar oila va xotin-qizlar boʻlimi, shahar “Oqila ayollar” harakati vakillari, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand shahar boʻlimi xodimlari tomonidan odilona va shaffof baholandi.

Tanlov bahs va munozaraga boy boʻlib shiddatli tarzda oʻtdi va eng koʻp ball toʻplagan harbiy oila koʻrik-tanlovning mutlaq gʻolibi deb topilib, Mudofaa vazirligi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati