Harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ishtirokida sayyor qabul boʻlib oʻtdi

0
1624

Bugungi kunda Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda mavjud muammoli masalalarni aniqlab, yechimini topishida barcha chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Shu kabi maqsadlar yo‘lida kuni kecha respublikamizning eng olis hududlaridan biri hisoblangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolari ishtirokida ommaviy sayyor qabul boʻlib oʻtdi.

 

Unda Nukus harbiy prokurori, hududiy vazirlik, idoralar, hokimyat va jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirok etib, harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolarini murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul jarayonida murojaatchilar oʻzlarni qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javob olishdi. Mas’ullar kelib tushgan murojaatlarning bir qismini joyida hal etgan bo‘lsa, ayrimlariga huquqiy tushuntirishlar berildi. Muddat talab etadigan murojaatlar esa nazoratga olinib, ijrosini taʼminlash maqsadida mutasaddi tashkilotlarga yuborildi.