“Yashil makon – bu kelajak avlod oldida bizning majburiyatimiz”

0
1579

“Yashil makon” doirasidagi tadbirlar Zangiotada joylashgan harbiy qismda ham erta tongdan davom etmoqda.

Xabaringiz bor Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida “Yashil makon” va “Yashil belbogʻ”larni yaratish tadbirlari “Yashil makon – bu kelajak avlod oldida bizning majburiyatimiz” shiori ostida tashkil etilmoqda.

Bugun, 2-aprel kuni erta tongdan Zangiota tumanida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismda ofitser, serjantlar va Qurolli Kuchlar xizmatchilari tomonidan mingga yaqin manzarali koʻchatlar oʻtqazilib, hudud hovlisiga turli gullar ekildi.

Shuningdek, Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchilari tomonidan ham makazga tegishli hududlardagi yoʻl va ariq boʻylari, boʻsh turgan joylarni koʻkalamzorlashtirish maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida sportchilar tomonidan mevali, manzarali daraxt koʻchatlari va mavsumiy gullar ekildi.