Navoiyda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi

0
1382

Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi tomonidan Navoiy viloyati 1-sektor hududida, yaʼni Karmana tumanida joylashgan “Hazora” MFYda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” oʻtkazildi.

Uchrashuvda okrug qoʻmondonligi, tuman hokimligi vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etib, yoshlarga Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish, oliy harbiy taʼlim muassasalarida tahsil olish toʻgʻrisida maʼlumot berdilar.

Shuningdek, mas’ul rahbar tomonidan yoshlarning harbiy va ijtimoiy sohadagi muammolari mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda atroflicha oʻrganilib, uni ijobiy hal etish masalalari koʻrildi.

Yakunda oʻzining naʼmunali xulqi va iste’dodi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan bir guruh yoshlarga tashakkurnomalar topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati