Farg‘onalik o‘g‘lonlar muddatli harbiy xizmatga kuzatildi

0
2556

Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda yigitlik burchini o‘tash uchun tengdoshlari orasidan saralangan yoshlar Mudofaa vazirligi tassarrufidagi harbiy qism va muassasalarga muddatli harbiy xizmat o‘tash uchun kuzatildi.

Tantanali marosimda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Aybek Saidov, Farg‘ona viloyat hokimligi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi vakillari, faxriylar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Saf maydoniga davlat bayrog‘i olib kirilgandan so‘ng, davlatimiz madhiyasi barchaning jo‘rligida ijro etildi. Shundan so‘ng, okrug qo‘shinlari qo‘mondoni hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari so‘zga chiqib, Vatanni himoya qilishdek muqaddas burchni bajarishga shay turgan o‘g‘lonlarga kuch-g‘ayrat tilashdi.

Tadbir davomida yigitlar uchun viloyat hokimligi va okrug qo‘mondonligining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati