Harbiy xizmatchilarning oilalari uchun sayyor qabul tashkil etildi

0
1251

Navoiy, Samarqand hamda Jizzax garnizonlarida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ijtimoiy himoyasini taʼminlash borasida profilaktik tadbirlar, shuningdek, sayyor qabullar tashkil etildi.

Xususan, Navoiy garnizonidagi harbiy qismda “Harbiy xizmatda urf-odatlarning oʻrni va ahamiyati” mavzusida oʻtkazilgan tadbirda harbiy oilalarning jamiyatdagi oʻrnini yuksaltirish borasida so‘z yuritildi.

Jizzax garnizonidagi harbiy qismda esa Jizzax harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari, Qurolli Kuchlar xizmatchilari hamda harbiy pensionerlarni uy-joy masalasi, tibbiy xizmat koʻrsatish, dam olish sanatoriyalariga yuborish, xizmat joyini koʻchirish kabi muammolarini atroflicha oʻrganildi.

Oʻzbeiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislarini tayyorlash markazida ham oʻtkazilgan sayyor qabulda harbiy xizmatchilarning turmush oʻrtoqlari bandligini taʼminlash masalasi kun tartibidan o‘rin oldi.

Markziy harbiy okrug matbuot xizmati